“Liverpul” futbolchilari Klopp o‘rniga kutilmagan murabbiyni tanladi

  • 24.03.2024 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yozda jamoani topshirishini ma’lum qilgan.

Ayni paytda klub rahbariyati germaniyalik mutaxassis o‘rniga munosib murabbiy qidirish bilan band. Mutasaddilar hozircha yangi bosh murabbiy masalasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” futbolchilari jamoani Yurgen Kloppning yordamchisi Pep Linders boshqarishini istamoqda.

Pep Linders 2015-2018 yillar davomida Kloppga ko‘maklashgan. Orada yarim mavsum Niderlandiyaning “Nek Neymegen” jamoasini boshqarganidan keyin yana “Liverpul”ga qaytgan edi.

41 yoshli mutaxassis bosh murabbiy Yurgen Klopp jamoani topshirganidan keyin o‘zi ham jamoadan ketishini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!