"Liverpool" himoyachisi jamoani tark etadigan bo'ldi

  • 14.01.2026 02:10
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate joriy mavsum tugagandan soʻng jamoani tark etadigan boʻldi. Bu haqida insayder Devid Ornshteyn xabar bermoqda. 

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, mersisaydliklar 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma shartlarini kelisha olishmayapti. Shu bois ingliz klub shartnoma yakunlangandan soʻng futbolchini qoʻyib yubormoqchi. Bir necha kun oldin Konatega "Real" qiziqish bildirayotgani degan mish-mishlar paydo boʻlgandi.

Eslatib oʻtamiz, fransiyalik futbolchi 2021 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib, kelmoqda. Shu davr mobaynida u 161 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!