"Liverpul" himoyachi keyingi turda jamoasiga yordam bera olmaydi

  • 18.12.2025 20:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes APLning keyingi turida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda jurnalist Jeyms Pirs xabar berdi.

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, Gomes jarohat sabab "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Himoyachi APLning 16-turida "Brayton"ga qarshi baxsda tizza ostida payidan jarohat olib maydoni tark etgandi. Tekshiruv natijalaridan so‘ng jarohat jiddiy emasligi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Slot shogirdlari bu turda "shporlar" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!