
"Liverpul" "Inter" yarim himoyachisini nishonga oldi
Jeyms Milner, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Nabi Keyta kabi yarim himoyachilar “Liverpul”ni tark etishdi.
Endi klub maydon markazini kuchaytirishi kerak. Yozgi transferlar oynasida "qizillar" "Brayton"dan Aleksis Makallisterni qo‘lga kiritdi. Endi mersisaydliklar “Inter” yarim himoyachisi Nikolo Barellaga ko‘z tikishdi. Bu transfer qimmatga tushishi mumkin. "Fichajes"ning xabar berishicha, “Liverpul” 26 yoshli italiyalikni sotib olish uchun 80 million evro ajratishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Klopp shogirdlari o‘tgan mavsum Angliya chempionatini beshinchi o‘rinda yakunlagandi.
Fikrlar