"Liverpool" Iraola bilan muzokaralarni boshlaydi

  • 01.06.2026 01:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yaqin kunlarda ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola bilan rasmiy muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

BBC xabariga ko‘ra, sobiq "Bornmut" ustozi Arne Slotning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod hisoblanmoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar sport direktori Richard Hyuz Iraola bilan avval ham birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Ispaniyalik mutaxassisga "Milan", "Kristal Pelas" hamda "Bayer" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!