
“Liverpul” katta ishga qo‘l urdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatdan keyin jamoaga yangi yarim himoyachilar olib kelish kerak, degan xulosaga keldi.
Liverpulliklar “Benfika” vakili Entso Fernandesga ko‘z tikmoqda. Biroq, 21 yoshli futbolchini olish uchun katta xarajat qilish kerak.
“Benfika” bu o‘yinchi bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma imzolab qo‘ygan. Bitimda Fernandesni olmoqchi bo‘lgan jamoa 120 million evro to‘lagi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Argentinalik yarim himoyachi joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.
Fikrlar