
“Liverpul” kutayotgan o‘yinchi "Arsenal"dan taklif oldi
Anchadan beri “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantarani kutayotgan “Liverpul” undan quruq qolishi mumkin.
“Arsenal” ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritishga jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta hamyurti bilan bog‘lanib, unga o‘z rejalarini ma’lum qilgan.
“Arsenal” o‘zi mo‘ljallagan Tomas Partini qimmat narx tufayli ololmaganidan keyin, e’tiborini 29 yoshli Alkantaraga qaratdi. “Bavariya” bu futbolchi uchun 25 million funt talab qilmoqda.
“Liverpul”ga bu summa yoqmadi va shu bois Alkantara transferini amalga oshirishga shoshilmayapti.
Fikrlar