
“Liverpul”: Muhammad Saloh o‘rnini shu futbolchi bosadi!
Muhammad Saloh kelasi mavsumda ham “Liverpul”da qolishini e’lon qilganiga qaramay, klub rahbariyati kelajakda uning o‘rnini bosishga qodir o‘yinchini hoo‘irdan transfer qilishga intilmoqda.
Misrlik to‘purarning amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi. Tomonlar anchadan beri muzokara o‘tkazayotaniga qaramay, maosh borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.
Muhammad Salohni qit’aning eng qudratli klublari o‘z safida ko‘rishni istayapti va futbolchi yaxshi takliflar ola boshlaganiga ancha bo‘ldi.
Liverpulliklar Salohning o‘rniga “Leyptsig” hujumkor futbolchisi Kristofer Nkunkuni olib kelmoqchi. 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 51 ta o‘yinda 35 ta gol urdi va 20 ta assist muallifi bo‘ldi.
Nkunku hozir eng bozori chaqqon futbolchi hisoblanadi. Uni Frantsiya, Angliya, Ispaniya grandlari o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fikrlar