
“Liverpul” Muhammad Salohdan voz kechishga qaror qildi
“Liverpul” rahbariyati va jamoaning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar bosh berk ko‘chaga kirib qoldi. Tomonlar anchadan beri maosh masalasida kelisha olmayapti.
Mirror nashrining ta’kidlashicha, liverpulliklar endi Saloh bilan shartnomani uzaytirishni kun tartibidan olib tashladi va misrlik hujumchining bir yildan so‘ng amaldagi bitimi yakunlanishiga qo‘yib yuborishga qaror qildi.
Klub rahbariyati 30 yoshli hujumchining ketishi jamoa o‘yiniga kuchli ta’sir o‘tkazmaydi, degan fikrga kelgan.
Muhammad Saloh yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 51 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 31 ta gol va 16 ta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar