“Liverpul” Muhammad Salohni baquvvat xaridorga bermadi

  • 11 may, 2021, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Chelsi” rahbariyati “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar tarqatilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar misrlik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Shunga qaramay, “Liverpul” xo‘jayinlari asosiy hujumchisini sovrinlar uchun kurashdagi raqobatchi jamoaga qo‘yib yubormasligini ta’kidladi.

“Liverpul” keyingi yillarda to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Salohni shartnomasi yakunlangunicha olib qolmoqchi. Undan tashqari, liverpulliklar Muhammadga yangi bitim ham taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Muhammad Saloh uchun “Chelsi” begona emas. Bu futbolchi 2014-2016 yillarda “aristokratlar” a’zosi bo‘lgan. Lekin asosiy tarkibga kira olmagani bois “Fiorentina” va “Roma”ga ijaraga berib yuborilgan.

Muhammad Salohga zo‘r xaridor chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!