
Muhammad Salohga zo‘r xaridor chiqdi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Londonliklar yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Aslida “Chelsi”ning yozdagi asosiy nishoni Erling Xoland va Romelu Lukaku hisoblanadi. Xoland “Chelsi”ni etarli darajada mavqega ega emas, deb taklifni rad etgandi. Lukaku ham Angliyaga qaytish niyati yo‘qligini bildirgan.
Muhammad Saloh variantini “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘llab-quvvatlamoqda. Misrlik to‘rurar ham “Liverpul”dan ketishga tayyor. U Ispaniya chempionatiga o‘tish niyati borligini bildirgan.
“Chelsi” 2014-2016 yillar davomida Muhammad Salohga egalik qilgan. Biroq, hujumchi jamoa tarkibiga kira olmaganidan keyin uni “Fiorentina” va “Roma”ga ijaraga berib yuborishgan.
2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilayotgan Muhammad Saloh barcha turnirlarda 193 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 120 marta aniq nishonga oldi. Uning transferi 110 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar