"Liverpul" Origiga yangi shartnoma taklif qildi

  • 04.06.2019 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Divok Origiga yangi shartnoma taklif qildi.

“Oldimda yangi shartnoma turipti. Milli terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng biz klub bilan bu masalani muhokama qilamiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Origi o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urishga erishdi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga "Everton", "Kristal Pelas" va "Vulverxempton" kabi jamoalar xaridor bo‘lishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!