Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Liverpool» Otorbi uchun 60 million yevro to‘lashni istamayapti

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Liverpul» «Valensiyaning 19 yoshli vingeri David Otorbini sotib olishga qiziqmoqda, ammo yuqori to‘lov sabab transferdan voz kechishi mumkin.

CaughtOffside nashri Football Insider manbasiga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» «Valensiya» vingeri David Otorbini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqmoqda, biroq futbolchi uchun ortiqcha mablagʻ sarflashga tayyor emas.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar hujumning oʻng qanotini kuchaytirish variantlarini izlamoqda. Dastlab 19 yoshli Otorbining shartnomasidagi tovon puli 30 million evroni tashkil etgan va bu uni «Liverpul» uchun jozibador nomzodga aylantirgan. Biroq shartnomadagi bandlardan biri ushbu summani ikki baravar oshirish imkonini beradi.

«Liverpul» mavsum oʻrtasida yosh futbolchi uchun bunchalik katta mablagʻ sarflashga tayyor emas», — dedi jurnalist Pit O’Rurk.

Joriy mavsumda Otorbi Ispaniya chempionatida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, «Rasing» darvozasiga bitta gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q