“Liverpool” oʻyinchisi Ispaniyaga ketdi

  • 02.09.2026 07:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Valensiya” klubi “Liverpul” bilan yarim himoyachi Harvi Elliotni ijarga olish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.

Avvalroq ispanlar futbolchining maoshining asosiy qismini o‘z zimmasiga olishi xabar qilingan edi.

Harvi Elliot 2025/2026 yildgi mavsumni Angliyaning “Aston Villa” klubida ijara asosida o‘tkazdi. Joriy transfer oynasida futbolchiga “Lids Yunayted”, “Sanderlend”, “Latsio” va “Napoli” klublari ham qiziqish bildirgani aytilgan edi.

Elliott “Fulxem”ning yoshlar jamoalari tizimidan o‘tgan. U 16 yoshida Premyer-ligada debut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!