
"Liverpul" o‘ziga Bundesligadan zo‘r himoyachi topdi
Germaniyaning "Shtutgart" klubi himoyachisi Benjamen Pavar "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp 21 yoshli frantsiyalik futbolchining o‘yinlariga shaxsan qiziqib qolgan. Uning tahminiy transfer bahosi esa 34 mln evro ekanligi aytilmoqda. Pavarning “Shtutgart” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Benjamen Pavar joriy mavsum Bundesligada jami 26ta uchrashuvda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 1ta to‘p kiritishga erishgan.
Fikrlar