"Liverpool" qimmatga yosh markaziy himoyachi topdi
Andoni Iraola himoya chizigʻini kuchaytirishga bel bogʻladi
Angliyaning mashhur «Liverpul» klubi 23 yoshli bosniyalik markaziy himoyachi Tarik Muharemovichni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Yozgi transfer oynasidan oldin Muharemovich Italiya «Sassuolo» jamoasidan «Lids»ga 34 million funt evaziga oʻtgan edi. Premyer-ligada u tezda asosiy tarkibdan mustahkam joy oldi va hozirda uning bozor qiymati deyarli ikki baravarga oshgani aytilmoqda. Ichki manbalarga koʻra, «Lids» himoyachini kamida 60 million funtdan kamga qoʻyib yuborishni istamaydi.
Tarik Muharemovichga faqat «Liverpul» emas, balki Yevropa grandi hisoblangan «Inter» va «Barselona» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda bosniyalik futbolchi «Lids» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 10 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning hisobida bir gol va ikki golli uzatma mavjud.

Izohlar (0)