"Liverpul" "Roma" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 08.07.2025 10:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Il Romanista" xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Liverpul" klubi 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Qizillar" rahbariyati Dibalaning agentlari bilan bog‘lanib, dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Argentinalik futbolchining "bo‘rilar" bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Paulo jarohati tufayli 2025 yilning mart oyidan beri maydonga tushmayapti. O‘tgan mavsumda hujumchi 36ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan. Uning narxi 8 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!