"Liverpool" Saloҳ masalasida bir qarorga keldi
"Liverpul" hujumchi Muhammad Saloҳni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Maʼlum boʻlishicha, "qizillar" rahbariyati misrlik hujumchi bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Saloҳning agenti Rami Abbos bilan muzokaralar Afrika Millatlar kubogi vaqtida ham davom etgan. Ingliz klubining maqsadi aniq, yaʼni ular futbolchini qoʻyib yubormoqchi emas. Muhammad Saloҳ 2017 yilda "Roma"dan 42 million yevro evaziga mersisaydliklar safiga kelib qoʻshilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Saloҳ Misr terma jamoasi bilan Afrika Millatlar kubogida 4- oʻrinni egalladi.
Fikrlar