"Liverpool" Saloҳ o‘rniga 100 million yevroga futbolchi sotib olishi mumkin

  • 09.01.2026 14:25
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumkor yarim himoyachisi Bredli Barkola yanvar oyidagi transfer oynasida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik vingerga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar rahbariyati futbolchi transferi uchun taxminan 100 million yevro to‘lashga tayyor. "Qizillar" safida Barkola nomzodi misrlik yulduz Muhammad Saloҳning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bredli  2023 yil yozidan buyon parijliklar  sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!