"Liverpul" sobiq futbolchisi Isakning narxi haqida: "150 million bu Mbappening narxi"

  • 07.08.2025 17:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi Jeymi Karrager mersisaydliklar "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakka qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi. Xabar qilinishicha, "qarg‘alar" o‘z forvardini 130-150 million evroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, yozda "Liverpul" hujumchi Ugo Ekitikeni sotib olgan edi.

"Men "Liverpul" Aleksandr Isakni o‘z safiga qo‘shib olishini istayman. Lekin, menimcha, 150 million evro - bu Kilian Mbappe uchun narx. Unga shuncha pul to‘lash mumkin. Ammo "Liverpul" muxlisi sifatida klub Isak uchun 150 million funt sarflashini istamayman", - deya Karragerning so‘zlarini keltirdi Sky Sports.

2024/2025 yilgi mavsumda 25 yoshli Isak barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 120 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!