"Liverpul" sobiq ustozi Gretsiya klubini boshqarishi mumkin

  • 18.10.2025 16:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul", "Napoli" kabi grand klublarni boshqargan Rafael Benites Gretsiyaning "Panatinaikos" klubida ish boshlashga yaqin turibdi.

Ma’luotlarga qaraganda, 65 yoshli mutaxassis hozirda Afinada bo‘lib, klub prezidenti Yannis Alafuzos bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar o‘rtasida 2,5 yillik shartnoma va 5 million evrolik maosh to‘lanishi to‘g‘risida muzokaralar yakuniy bosqichga etib kelgan. Agar hammasi ijobiy yakun topsa, sentyabr oyidan buyon, bo‘sh bo‘lib turgan "Panatinaikos" murabbiylik o‘rnini ispaniyalik murabbiy to‘ldiradi. 

Eslatib o‘tamiz, Benitesning so‘nngi ish joyi Shotlandiyaning "Seltik" klubi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!