"Liverpul" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)
Angliya premer-ligasining 15-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qildi.
“Enfild”dagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dastlab, 12-daqiqada Sadio Mane mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanish arafasida Semi Ajayi (82') gol urib mehmonlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar