"Liverpul" van Deyk ketsa, uning o‘rnini 100 millionlik himoyachi bilan to‘ldirmoqchi

  • 28 mart, 20:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Real" himoyachisi Raul Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Defensa Central" xabariga ko‘ra, "Liverpul" Virjil van Deykning o‘rnini "Real Madrid" himoyachisi Raul Asensio bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

Biroq, "Real" o‘z tarbiyalanuvchisini qo‘yib yuborish niyatida emas. Asensioning shartnomadagi tovon puli 100 million evro etib belgilangan bo‘lsada, madridliklar hozircha hech bir klub bu summani to‘lashga tayyor emas deb hisoblashmoqda.

Shuningdek, frantsuz grandi PSJ ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida oldinroq xabarlar tarqalgan edi.

Hozirda "Real Madrid" 28 turdan keyin 60 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, "Liverpul" esa APL etakchisi bo‘lib, chempionlikka juda yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!