
"Liverpul" yana bir katta transferni hal qilish arafasida
"Bornmut"ning vengriyalik himoyachisi Milosh Kerkes "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 21 yoshli futbolchining ehtimoliy transfer summasi 45 million evro deb baholanmoqda.
2024/2025 yilgi mavsumda Kerkes 41 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Premer-liga mavsumida "Liverpul" chempion bo‘lgan edi. "Bornmut" esa mavsum yakunida Angliya chempionatining turnir jadvalida 9-o‘rinni egalladi.
Fikrlar