"Liverpul" yozda Ispaniya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 3 aprel, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilbaoning "Atletik" klubi hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premer-ligasining grand klubida davom ettirish imkoniyatiga ega. AS nashrining xabar berishicha, 20 yoshli vingerga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Mersisaydliklar yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini ispaniyalik futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin. Nikoning ehtimoliy transferi mersisaydliklarga 50 million evroga tushishi aytilmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Niko 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining basklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!