"Liverpul" yozgi transferlardagi ilk xaridini amalga oshirdi

  • 27 iyun, 2019, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi o‘zining yozgi transferlar davridagi ilk xaridini amalga oshirdi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha mersisaydliklar Gollandiyaning “Zvolle” klubi himoyachisi Sepp van der Bergni o‘z safiga qo‘shib olishdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 17 yoshli “Liverpul” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Bu haqda esa rasman iyul boshida, ya’ni APL klubi xorijiy transferlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lganda e’lon qilinadi.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra van der Bergning transferi “Liverpul”ga taxminan 1,5 mln funtga tushdi. Unga shuningdek “Bavariya” va “Ayaks” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Sepp van der Berg o‘tgan mavsum Gollandiya chempionatida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SKIPPER
27/06/2019 15:10
Zor transfer qilipti Klop biladi qanaqa uyinchilarni olishni