
“Liverpul” yulduzi o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Liverpul”da bir necha yildan beri muvaffaqiyatli to‘p tepib kelayotgan jamoa sardori Virjil van Deyk mavsum yakunlangach, Angliya Premer-ligasini tark etishi kutilmoqda.
El Nacional nashrining yozishicha, 33 yoshli niderlandiyalik himoyachi faoliyatini Ispaniya chempionatida, yanada anio‘qrog‘i “Barselona”da davom ettirishga moyillik bildiryapti.
Virjilning liverpulliklar bilan kelishuvi 30 iyun kuni tugaydi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.
“Barselona” jahonning eng kuchli himoyachilaridan birini erkin agent sifatida bepul o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. Agar bu transfer ijobiy hal bo‘lsa, kataloniyaliklar urugvaylik markaziy himoyachi Ronald Arauxoni sotib yuboradi. Hozir urugvaylik futbolchiga Angliya bir necha klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Fikrlar