
“Liverpul” yulduzi raqiblardan o‘zini olib ketishni so‘radi
“Liverpul”ning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino mavsum yakulanishi bilan jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
Taniqli insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Firminoning agentlari unga yangi ish joyi topish maqsadida mijozining xizmatlarini bir necha klubga taklif qilgan.
Xususan, braziliyalik futbolchi Premer-ligada “Liverpul”ning ashaddiy raqiblari bo‘lgan “Arsenal” va “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Shuningdek, agentlar 31 yoshli tajribali hujumchini “Inter” va “Barselona”ga joylashga ham urinmoqda.
Firmino “Liverpul” safida 2015 yildan beri to‘p tepib kelyapti. Endi u muhitni o‘zgartirishni istamoqda.
Fikrlar