"Liverpul"ga gol urgan Maynu MYu tarixiga kirdi

  • 7 aprel, 2024, 21:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 31-turidan o‘rin olgan MYu - "Liverpul" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

"Qizil iblislar" tarkibida Bruno hamda Maynu gol urgan bo‘lsa, mersisaydliklar tarkibida Dias hamda Saloh o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 
"Squawka" nashri xabariga ko‘ra, Maynu mankunianliklar tarixida APL doirasida "Liverpul" darvozasiga gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Kobbi ayni paytda 18 yoshu 354 kunlik.

Tecno

Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda qolmoqda. Erik ten Xag shogirdlari navbatdagi o‘yinini 13 aprel, shanba kuni safarda "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!