"LKS Lodz" ustozi "Andijon"ga qarshi uchrashuvdan keyin nima deydi?

  • 26 yanvar, 01:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “LKS Lodz” (0:0) o‘rtasidagi bellashuvdan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Jakub Jiolka “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

“Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik hamda vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi bo‘limda esa biroz o‘yinimiz chiqmadi. Atigi bittagina vaziyatda gol urishimiz mumkin edi.

Ko‘plab yakka kurashlarda qatnashishimizga to‘g‘ri keldi. Hujumda esa ko‘p imkoniyatlarni yarata olmadik. Hujumda biroz muvaffaqiyatsiz harakatlandik.

Lekin bu bizni “Andijon”ga qarshi yig‘in davomidagi birinchi uchrashuvimiz edi. Aytishim kerakki, bu ajoyib va shiddatli kurashlar ostidagi o‘yin bo‘ldi. Umid qilamanki, kelgusi uchrashuvlarda bundan yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz”, - deydi Jiolka.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!