"Lokomotiv" 4 ta klubdan kompensatsiya talab qilmoqda

  • 21.12.2024 16:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol

"Lokomotiv" sobiq futbolchilari uchun 4 klubdan mashg‘ulot kompensatsiyatssi talab qiladi.

Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z vaqtida klub safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar — Jasur Jaloliddinov, Javohir Abdualimov, Jaloliddin Jumaboev, Nurmuhammad Toshpo‘latov va Anvar Alijonov uchun mashg‘ulot kompensatsiyasi talab qilishni boshladi. 

“Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”da mashg‘ulot kompensatsiyasi nima ekanligi va uni hisoblash mexanizmi tushuntirib o‘tilgan. Shu asosda "Lokomotiv" yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar uchun "Neftchi", "Navbahor", "Mash’al" hamda "Do‘stlik Toshkent" klublaridan reglament asosida pul olishni rejalashtirgan. Bunda nafaqat kompensatsiya, balki uni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar ham inobatga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
21/12/2024 20:41
Babayan "o'yin"larni boshladi. Ehhe, qachongi ishlar bular