"Lokomotiv" belarussiyalik futbolchiga shartnoma taklif qildi
Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" o‘z safiga belarussiyalik futbolchini qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda bel.football sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "temiryo‘lchilar" "Slaviya" klubi yarim himoyachisi Nikolay Ivanovga shartnoma taklif qilgan. O‘tgan mavsumda Ivanov jamoasi safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portalida futbolchining bahosi 500 ming evroni tashkil qiladi.

Fikrlar