"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Uchrashuv asabiy ko‘rinish oldi"

  • 5 may, 2023, 06:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 8-turida “Lokomotiv” safarda “Sho‘rtan”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan keyin mehmonlar ustozi Denis Korostichenko fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ilk navbatda klubdagi barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bugun harakat qilishdi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘lim yomon o‘tmadi. O‘yinning oxirida, balki, ishtiyoq evaziga raqiblarda vaziyatlar bo‘ldi. Uchrashuvning o‘zi asabiy ko‘rinish oldi. Umuman olganda, barchasi yaxshi bo‘ldi, rejadagidek o‘tdi. G‘alaba qozondik.

- Bugungi o‘yinda «Lokomotiv» futbolchilari qo‘pol o‘ynagandek bo‘ldi.

- Balki sizga shunday tuyulgandir. Men uchun «Sho‘rtan» futbolchilari ham qo‘pol o‘yin ko‘rsatishdi. Hatto birinchi bo‘limda qizil kartochka ham ko‘rsatilishi kerak edi, deb hisoblayman.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!