
"Lokomotiv" futbolchisi uchun A Seriyaning 3-jamoasi ham kurashga qo‘shildi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "Fiorentina"ning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Betting Insider tarqatgan xabarga qaraganda, “binafsharanglilar” Rossiya terma jamoasi a’zosining transferi masalasida “temiryo‘lchilar” va futbolchining agenti Vadim Shpinev bilan aloqaga chiqishgan.
Qayd etish lozimki, "Fiorentina" Miranchukka qiziqish bildirayotgan A Seriyaning yagona jamoasi emas. Unga shuningdek "Yuventus" va "Milan" ham xaridor bo‘lmoqda.
Aleksey Miranchuk joriy mavsum “Lokomotiv” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning hozirgi transfer narxi esa 14,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar