"Lokomotiv" olimpiya terma jamoamiz a'zosiga qiziqish bildirmoqda

  • 20.01.2026 16:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Amirbek Saidov faoliyatini poytaxtda davom ettirishi mumkin. 

Bizga ma'lum bo‘lishicha, "Lokomotiv" forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Yangi mavsum Superligada ishtirok etadigan "temiryo‘lchilar" tarkibni kuchaytirmoqda. Mirko Elichichning o‘zi ushbu transferni xohlamoqda.

Ma'lumot uchun, Saidov faoliyati davomida "Bunyodkor", "Edinstvao Ub", va "Buxoro" jamoalarida o‘ynagan. 19 yoshli hujumchi O‘zbekiston bilan U23 Osiyo kubogida qatnashdi va bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!