"Lokomotiv" UZTELECOM bilan shartnomani uzaytirdi

  • 17 aprel, 2022, 21:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan va har jabhada o‘rnak bo‘lishga harakat qilayotgan «Lokomotiv» professional futbol klubi UZTELECOM kompaniyasi bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda.

Tecno

Jamoa muxlislariga shuni ma’lum qilamizki, «Lokomotiv» PFK UZTELECOM bilan homiylik shartnomasini uzaytirdi. Endilikda ushbu kompaniya nomi ham klub futbolkalarida namoyon bo‘ladi. Bu haqida “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Futbolkaning old qismida asosiy titul homiyi BMB Trade Group kompaniya yozuvi tushirilsa, futbolkaning orqa qismidagi raqam tepasiga DRIVER'S VILLAGE hamda raqam tagiga UZTELECOM nomlari bosiladi. Hozircha titul homiylik borasida uchta katta kompaniya bilan kelishuvga erishganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!