
"Lokomotiv"ning ispaniyalik legioneri: Jamoadoshlarim bilan maydonda ko‘proq muloqotda bo‘lishni xohlayman, shuning uchun rus tilini o‘rganyapman
"Lokomotiv" klubining ispaniyalik himoyachisi Diego Bardanka Flores AGMKga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Mavsumning ilk uchrashuvi barcha uchun qiyin o‘tadi, biz ham bundan mustasno emasmiz. Yangi o‘yin falsafasi, yangi futbolchilar, yangi murabbiy va mehmondagi bellashuvda qiyin raqibga qarshi bahs olib bordik. Ammo ochig‘i, mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Bahsda balansni ushlashga muvaffaq bo‘ldik, ammo kichik detallar natijaga ta’sir ko‘rsatdi.
Men rus tilini o‘rganishga harakat qilyapman. Mashg‘ulotda, futbol vaqtida va oddiy kun davomida ishlatiladigan ruscha so‘zlarni bosqichma-bosqich o‘rganmoqdaman. Ha, men maydonda jamoadoshlarim bilan muloqot qilishni, ularga o‘yin davomida ko‘rsatmalar berib turishni yaxshi ko‘raman va ular buni yoqtiradi. Ikkinchi golda kutilmagan holatda, sun’iy ofsayd amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydik. Vaholanki, biz o‘yin davomida juda ko‘p marotaba bu ishni yaxshi uddalagandik. Bu juda alamli gol bo‘ldi.
Biz o‘yinda yuzaga keladigan bu kabi holatlar yuzasidan murabbiy bilan tinimsiz ishlamoqdamiz va bu protsess davom etadi. Ayniqsa, himoyaviy harakatlarda kundan-kunga yaxshilanish kuzatilyapti", - dedi Bardanka.
Fikrlar