"Lokomotiv"ning yana bir futbolchisi legionerga aylandi (Foto)

  • 11.02.2020 17:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Sardor Mirzaev faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Temiryo‘lchilar" safida O‘zbekiston chempioni, kubogi va superkubogi sohibi hisoblangan Sardor Mirzaev Tailandning eng kuchli klublaridan biri "Muangton Yunayted" bilan shartnoma imzolagan.

photo_2020-02-11_12-19-05

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Loko" futbolchilari Oston O‘runov ("Ufa", Rossiya), Islom To‘xtaxo‘jaev ("Shenyang Urban", Xitoy), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya) legionerga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!