Londonning ikki klubi bir himoyachi uchun kurashadi

"Arsenal" "Marsel" himoyachisi Jordan Amavini qishki transfer vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda lequipe.fr yozmoqda. 

 

Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchini 10 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum Amavi 14ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta gol urgan. 

Avvalroq, 26 yoshli fransuz uchun "Napoli" va "Kristal Pelas" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!