
Lopetegi: Ronaldusi bor "Real" ham "Barselona" va "Atletiko"dan ortda qolgan edi
"Men jamoani EChLdagi g‘alabadan so‘ng qabul qilib oldim. Ronaldusi bor bo‘lsada, jamoa La Ligada "Barselona" va "Atletiko"dan judda katta farq bilan ortda qoldi. Mening oldimda jamoaviy o‘yinni shakllantirish vazifasi turgan edi...
Biz futbolchilarning harakatlaridan va ishga bo‘lgan sadoqatidan qoniqish hosil qildik. Biz qilayotgan ishlarimiz to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilgan edik. Madridda hamma narsa juda tez sodir bo‘ladi. Ammo biz mavjud talablarga javob berishga harakat qildik, biroq vaqt kamlik qildi", - deb Lopetegining so‘zlarini keltirib o‘tdi Football Espana.
Ma’lumot uchun, Lopetegi "qirollik klubi"ni o‘tgan mavsum avvalida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 14 ta bahsda maydonga tushdi va shularning 6 tasida g‘alaba qozonib, ikki bor durang o‘ynadi va olti bor raqibga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar