
Lopetegining yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi faoliyatini qaerda davom ettirishi oydinlashdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Sevilya" ustoziga aylanadi. U andalusiyaliklar bosh murabbiyi Xoakin Kaparrosaning o‘rnini egallaydi.
Ta’kidlash kerakki, Lopetegida 2 ta APL klubidan takliflar bor edi. Biroq, u Ispaniyada qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" o‘tgan mavsum La Ligani 6-o‘rinda yakunladi va Evropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar