Luis Diasning "Bavariya" bilan shartnomasidagi g‘ayri oddiy band oshkor qilindi

  • 24.02.2026 19:56
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Luis Diasning "Bavariya" bilan tuzilgan mehnat shartnomasida g‘ayri oddiy band borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida "Bild" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi bilan Myunxen klubi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga "til bandi" kiritilgan. Bunga ko‘ra, Dias nemis tilini muntazam o‘rganishi shart. Luisga haftasi davomida 2-3 marta dars o‘tiladi. Vinger har hafta yakunida o‘zlashtirish darajasini tasdiqlash uchun imtihon topshirishi kerak bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, agar 29 yoshli futbolchi nemis tilini o‘rganishni to‘xtatsa yoki imtihondan o‘ta olmasa, klub uni jarimaga tortish huquqiga ega. Jarima miqdori 5 mingdan 50 ming yevrogacha bo‘lishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!