Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Luis Enrike: “ menga ularning o‘yin uslubi yoqadi”

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Ular maydonda bizga o‘xshab harakat qilishadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Monako"ga uchrashuvdan oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Monako futbolchilarida individual xususiyatlari ko‘p. Ular juda yaxshi futbol o‘ynashadi, menga ularning o‘yin uslubi yoqadi. Ular maydonda bizga o‘xshab harakat qilishadi. Men ular bilan o‘ynagan o‘yinlarimiz orasida birortasi oson o‘tganini eslay olmayman. Bu Chempionlar ligasi darajasidagi o‘yin bo‘ladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar Liga1 ning 14-turida "Monako" maydoniga safar qilishadi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat  21:00 da start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q