Luis Enrike mashhur to‘purarning PSJga kelishiga yo‘l qo‘ymadi

  • 10 avgust, 2024, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ bosh murabbiy Luis Enrike klubning transfer siyosatida o‘z o‘rni borligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Kilian Mbappe ketganidan keyin klub rahbariyati jamoaga mashhur to‘purarlardan birini  olib kelishga harakat qilmoqda. Nishonda “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen ham bor edi.

Nigerliyalik to‘purar Parijga ko‘chib o‘tish maqsadida Angliya grandlaridan bo‘lgan chorlovlarga rad javobini berdi.

Biroq ispaniyalik murabbiy o‘z jamoasiga Viktor Osimxenni qo‘shishdan bosh tortdi.

Luis Enrikega 25 yoshli hujumchining o‘yini yoqmaydi. Qolaversa, tajribali murabbiy bu futbolchi u qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos tushmasligini ta’kidlayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!