Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Luis Enrique rossiyalik futbolchini maqtadi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«PSJ» murabbiyi Luis Enrike Matvey Safonovni juda mamnun ekanini aytib, uni zamonaviy futbol uchun ideal darvozabon deb baholadi.

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrique jamoa darvozaboni Matvey Safonovning oʻyinini yuqori baholadi.

– U bizning talablarimizga ham, zamonaviy futbol talablariga ham juda mos keladi. Bu, ayniqsa, himoyada oʻyinni qanday qurishimiz nuqtai nazaridan juda muhim. Men undan juda mamnunman, u juda jasur. Uning oʻyini menga yoqadi va u yanada oʻsishda davom etishiga ishonaman, – deya taʼkidladi

Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar» klubidan «PSJ»ga oʻtgan edi. Yaqinda rossiyalik darvozabon 2026 yil yakuniga koʻra dunyodagi eng yaxshi darvozabonlar reytingida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q