Luis Enrike: Ukraina "Evro-2020"ni yutishi mumkin
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ukraina Evropa chempionatida g‘olib chiqishi mumkinligini aytdi.
“Ukraina terma jamoasiga qarang. Bu jamoa ushbu turnirda g‘alaba qozonishi mumkin”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Aytish joizki, Luis Enrike Ukraina terma jamoasini birinchi marta maqtayotgani yo‘q. Enrike ukrainaliklar Millatlar ligasida Ispaniyani mag‘lubiyatga uchratganda, Andriy Shevchenko jamoasining saviyasini yuqori baholagan. O‘sha o‘yinda Ukraina terma jamoasi asosiy tarkibining aksariyat futbolchilari koronavirus infektsiyasi tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.
Ukraina "Evro-2020"ning 1/8 finalida Shvetsiyani musobaqadan chiqarib yubordi va chorak finalga yo‘l oldi. Shevchenko shogirdlari bu bosqichda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar