Luis Suares "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares klub bilan tuzilgan shartnomasini uzaytirdi.
Fabritsio Romano so‘zlariga ko‘ra, 38 yoshli urugvaylik futbolchi yana bir mavsum Mayami klubida qoladi. Tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshgan.
Suares 2024 yili "Gremio"ni tark etib, "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tgandi. Ushbu mavsum u jamoa tarkibida 42 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 15 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar