Lukaku "Inter"ga qaytsa, Jeko qaerga ketishi ma’lum

  • 16 iyun, 2022, 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" hujumchisi Edin Jeko faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Futbol insayderi Rudi Galetti o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida sahifalarida ma’lum qilishicha, 36 yoshli bosniyalik futbolchini "Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Bundan avvalroq aynan Jeko mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Agar Romelu Lukaku “Inter”ga qaytsa, Jeko jamoadan ketishi mumkin.

Edin Jeko o‘tgan mavsum "Inter" safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!