
Madrid klubi yarim himoyachisi uchun "Bavariya" va "Chelsi" kurashadi
"Atletiko" yarim himoyachisi Pablo Barrios Evropaning ikki nufuzli klubi e’tiborini tortmoqda.
"Bild" nashrining xabar berishicha, 21 yoshli xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishni Myunxenning "Bavariya" va Londonning "Chelsi" klublari istayapti. Har ikki klub yarimhimoyachi uchun 70 million evro taklif qilishga tayyor.
Barriosning shartnomasiga 100 million evrolik tovon puli bandi kiritilgan. Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yarmiga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid klubining 24 ta o‘yinida ishtirok etdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar