Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Magnus Karlsen FIDE prezidentiga: "Endi iste’fo berasizmi"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Karlsen FIDE Prezidenti Arkadiy Dvorkovichga murojaat qildi.

Magnus Karlsen FIDE Prezidenti Arkadiy Dvorkovichga murojaat qildi.

"O‘yinchilarni majburlash, vakolatdan noto‘g‘ri foydalanish va bajarilmagan va’dalar.

FIDE prezidenti Dvorkovich, meni Nyu-Yorkdagi Rapid va Blits jahon chempionatida o‘ynashga ko‘ndirish uchun 19 dekabr kuni otamga quyidagicha xabar yuborgansiz:

 "Sizga va Magnusga shuni etkazmoqchiman: FIDE hamda Freestyle o‘rtasidagi tan olinish bilan bog‘liq qanday vaziyat bo‘lmasin, o‘yinchilarga buning hech qanday salbiy ta’siri bo‘lmaydi. Ular o‘zlari qaror qilishlari mumkin va FIDE hech qanday salbiy chora ko‘rmaydi".

O‘sha kuni keyinroq shunday qo‘shimcha qilgansiz:

"Agar mening so‘zim FIDE Kengashi tomonidan buzilsa, men lavozimimdan ketaman". 

O‘yinchilardan qabul qilib bo‘lmas darajadagi shartnomaga imzo chektirish bilan siz o‘z va’dangizni buzdingiz.

Endi iste’fo berasizmi?", - deya yozdi norvegiyalik sportchi o‘zining "X"dagi sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, Karlsen besh karra jahon chempioni hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q